Sarvar Otaboyev – Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi

“Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar futbol maktabi murabbiyi Sarvar Otaboyev 2009-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Kecha Toshkent futbol assosiatsiyasida yig‘ilish o‘tkazilib, TFA vise-prezidenti Azamat Abduraimov 2008-2012-yillardan iborat 5ta yosh toifasidagi terma jamoalarni kim boshqarishi haqida ma’lumot berdi.

2009-yillar terma jamoasi shu yilning 21-26 oktyabr kunlari Buxoroda tashkil etiladigan Respublika birinchiligida qatnashadi. Ushbu musobaqada Sarvar Otaboyevga omad tilab qolamiz