OKMKga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik

FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusda “Lokomotiv” asosiy jamoamiz OKMKga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Har ikki jamoa murabbiylari o‘zaro kelishuviga ko‘ra, 35 daqiqalik 4ta taymdan iborat ikkita o‘yin o‘tkazildi.

Birinchi o‘yin 2:2 hisobida yakun topdi. Ikkinchi bahs 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi. Birinchi o‘yinda Shodiyor Shodiboyev bilan Abdulaziz Abdusalomov, ikkinchi bellashuvda esa Akaki Shulaya gol muallifi bo‘ldi.