🇦🇺 Mirko Yelichich – “Lokomotiv” bosh murabbiyi! 🚂

Uzoq yillar davomida “Lokomotiv” jamoasini boshqargan mutaxassis Mirko Yelichich jonajon uyiga qaytdi.

Avstraliyalik murabbiy va klubimiz o’rtasida bir yarim yillik shartnoma imzolandi.

Shuningdek, asosiy jamoamizning yangi murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi:

Mirko Yelichich – bosh murabbiy
Jamshid Saidov, Sadriddin Abdullayev – yordamchi murabbiylar
Alisher Axmedov – darvozabonlar murabbiyi

Mirko Yelichich “Lokomotiv”ning 3 karra chempion bo’lishida o’zining katta xissasini qo’shgan va o’sha mavsumlarda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Shuningdek, O’zbekiston Kubogi va Superkubogini ham aynan Mirko Yelichich murabbiylar shtabida bo’lib, jamoaning boshqaruvida bevosita ishtirok etganida qo’lga kiritganmiz.
Jamshid Saidov 2021-yilda “Buxoro” jamoasini boshqargan. 2022-2023-yillarda “Lokomotiv” tizimida faoliyat olib borib, 2024-yilda “Qizilqum” jamoasini boshqardi va ishlagan joylarida o’zidan iliq taassurot qoldirgan.
“Lokomotiv” tarkibida 2 marta mamlakat chempionligi va 1 bora O’zbekiston kubogini qo’lga kiritgan Sadriddin Abdullayev 2021-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va 2022-yilda “Lokomotiv”ning U19 jamoasini boshqargandi. Uning qo’l ostida U19 jamoamiz 2022-yilda 8-o’rin, 2023-yilda peshqadamdan 2 ochko ortda qolgan holda 4-o’rin, 2023-yilda 6-o’rin bilan yakunlagan.

Mirko Yelichich va uning murabbiylar shtabi bilan biz yuqori marralarni zabt etishimizga ishonamiz hamda bosh murabbiyimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.