🚂 Futbol maktabimizning besh nafar tarbiyalanuvchisi terma jamoa bilan 🇨🇳Xitoyga yo‘l oldi

⚽️ Toshkent shahar yoshlar terma jamoasi Xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Xitoyning Sinzyan shahriga jo‘nab ketdi. U yerda futbolchilar 1 iyulga qadar davom etadigan musobaqada ishtirok etishadi.

👉 Terma jamoa tarkibida “Lokomotiv” futbol maktabining besh nafar tarbiyalanuvchisi Xitoyga yo‘l oldi. Bular – Zoidjonov Abdulboriy, Nurullayev Azim, Yusupov Hasan, Muhammadaliyev Abdurahmon va Sobirxonov Muhammadamin.

✅ Ma’lumot uchun, ushbu futbolchilar 2009-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Sarvar Otaboyev shogirdlari hisoblanadi. Aslida Toshkent shahar yoshlar terma jamoasini Xitoyga Sarvar Otaboyev olib ketishi kerak edi, biroq ba’zi sabablarga ko‘ra bora olmadi.

👉 Terma jamoa xalqaro turnirdan qaytib kelgach, kuzda bo‘lib o‘tadigan Respublika birinchiligiga jamoani Sarvar Otaboyev tayyorlaydi.