O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Bunyodkor” – “Lokomotiv” bahsidan so‘ng bosh murabbiyimiz o‘z fikrlarini bildirdi.
– Bugun jamoa oldiga raqibni 2ta to‘p farqi bilan yutish vazifasini qo‘ygandik. Yaxshi harakat qildik, g‘alaba qozondik, ammo bu guruhdan chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. “Bunyodkor”ni guruhdan chiqqani bilan tabriklayman. Guruhdan chiqa olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman.
– Nega ko‘p vaziyatlarni golga aylantirishda muammolar kuzatilyapti?
– Bu faqat bugun emas, har doim kuzatilyapti. Futbolchilar bundan asabiylashyapti. O‘ylaymanki, vaqti kelib bu muammodan qutulamiz.