Grigoriy Kolosovskiy: Hozir istalgan jamoa eng yaxshi sifatlarini namoyish etishga harakat qilmoqda

Kubokda “Namangan FA”ga qarshi o’yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

– O‘tgan safargi matbuot anjumanida aytganimdek, hozirgi paytda istalgan jamoa o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishga harakat qilmoqda. Bugun kubok o‘yini bo‘lgani uchun raqib bizga jang taklif qildi. Chunki boshida ularning o‘yini o‘xshayotgandi. Bu bizga muammolar keltirib chiqardi. Nega biz o‘yinga juda kech kirib boryapmiz. Faqatgina 36-daqiqaga kelibgina raqib darvozasini ishg‘ol qildik. Ha, ungacha ko‘plab vaziyatlar yaratgandik. Yana o‘sha muammo bizda oqsamoqda: yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaslik. Albatta, ko‘proq urishni istagandik. Biroq o‘tkazib yuborilgan golda himoyachilarimga savollarim ko‘p.

– Ko‘plab murabbiylarning fikriga ko‘ra, kubok va chempionat o‘rtasidagi o‘yinlar farqi katta. Bugun shunday farq sezildimi?
– Kubok qisqa muddatli turnir. Shu sababli bu yerda istalgan vaqtda yo‘qotilgan ochkolar oyoqdan chalishi, guruhdayoq jamomani olib qolishi mumkin. Shu sababli bu yerda barcha kurashishga harakat qilmoqda. Agarda bu yerda ham chempionat kabi uzoq davom etadigan turnir bo‘lganida, barchaning munosabati boshqacharoq va ilk turdanoq chiroyli o‘yin uchun o‘ynashgan bo‘lardi.

– Kubokdagi vazifa qanday?
– Hozircha boshlang‘ich vazifa bu ochkolarni olib, guruhdan chiqish. Keyinchalik qo‘ldan kelgancha g‘alaba qozonib, balki finalgacha yetib borsak, sovrin olish.