⚽️ 24-29 mart kunlari Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Lokomotiv” futbol maktabi maydonida LLF KIDS INTERNATIONAL NAVRUZ CUP 2025 futbol festivali tashkil etildi.
👉 Ushbu festivalga Qozog‘istondan ham jamoalar taklif etildi. “Lokomotiv” futbol maktabimizning ikkita yosh toifasidagi futbolchilar guruhi ham mazkur musobaqada ishtirok etdi.
✅ 2016-yil tug‘ilgan futbolchilarimizga Kamron Baxovutdinov murabbiylik qilgan bo‘lsa, 2017-yil tarbiyalanuvchilarimizni Bekzod Burxonov tayyorladi.
🏆 Festival yakunida taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Chiroyli o‘tgan tadbirda bolajonlarimiz maza qilib zavq olishdi. Ularga LLF tashkilotchilari tomonidan kubok, medallar hamda sertifikat topshirildi.

