✅ Ibrohim Yo’ldoshev – “Lokomotiv” futbolchisi!

🚂 O’tgan mavsumda “Navbahor” tarkibida o’ynagan Ibrohim Yo’ldoshev 2025-yilda “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi.

ℹ️ 1999-yilning 5-iyun kunida tug’ilgan chap qanot himoyachisi bunga qadar “Metallurg”, “Surxon” hamda “Dinamo” kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.

⚽️ U futbolchilik faoliyati davomida 111 o’yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etgan.

💥 Biz Ibrohim Yo’ldoshevga yangi mavsumda omad tilagan holda 🚂 “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.💪