👉 Yangi mavsumga hozirlik ko‘rishni boshlagan “Lokomotiv” chernogoriyalik futbolchi Momchilo Rasho bilan shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi o‘tgan mavsumni “Bunyodkor” tarkibida o‘tkazganini muxlislar juda yaxshi biladi.
✅ Ma’lumot uchun, Momchilo Rasho 1997-yil 6-fevral kuni Chernogoriyaning Kotor shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 186 sm bo‘lgan ushbu futbolchi markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi. Rasho o‘tgan yil Superligada 17ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
💥 Momchilo Rashoga bo‘lajak mavsumda omad tilagan holda 🚂 “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.💪