Aleksandr Krestinin iste’foga chiqarildi ✅

👉 Superliganing oxirgi turlarida ro‘y bergan qoniqarsiz natijalar sabab “Lokomotiv” bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin iste’foga chiqarildi.

👉 Aleksandr Sergeyevich bilan birga unga yordam bergan murabbiylar – Aleksandr Perov, Igor Kudrenko va Marko Bayich ham o‘z lavozimlarini tark etishdi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, asosiy jamoamiz Krestinin qo‘l ostida 13ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor g‘alaba qozondi, 3 marta durang o‘ynab, 8ta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.

Oxirgi turlardagi ketma-ket 5ta mag‘lubiyat rossiyalik murabbiy iste’fosiga sabab bo‘ldi. Aleksandr Sergeyevichning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.