“Lokomotiv” futbol maktabining 2011-yilda tug’ilgan tarbiyalanuvchilari xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo’nab ketgan edi.
3 kun davom etgan musobaqa yakunida Sunnat Ro’ziyev shogirdlari 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Finalda “Beshiktosh” akademiyasi mag’lub qilindi (1:0).
Yosh “temiryo’lchilar”ni g’alaba bilan tabriklaymiz!