🚂 “Lokomotiv” PFKga bosh menejer tayinlandi

👉 “Lokomotiv” PFK bosh homiysi – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati talabiga binoan “Lokomotiv” professional futbol klubiga bosh menejer tayinlandi.

👉 Bugun klubimiz ofisida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Akmal Davronovich Xusanbayev bosh menejer sifatida tanishtirildi.

✅ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida bosh menejer oldidagi vazifalar belgilab olindi.

👉 Akmal Davronovich bilan klubimiz yangi marralarni zabt etishiga umid bildirgan holda bosh menejerimizning ushbu lavozimdagi faoliyatiga omad tilaymiz.👍