Ayollar jamoamizdan derbida yirik g’alaba!

Bugun ayollar jamoamiz Oliy liganing 4-turi doirasida “Paxtakor-W” mehmoni bo’ldi va yirik g’alabaga erishdi.

3:0 hisobida yakunlangan bahsda gollarni Marina Kosnikova, Polina Mixanko hamda Lidiya Sema kiritdi.

“Paxtakor-W” – “Lokomotiv-W” 0:3
Gollar: Marina Kosnikova (19), Polina Mixanko (22), Lidiya Sema (52).