Ayollar jamoamizdan durang

Bugun ayollar jamoamiz chempionatning 5-turida “Qizilqum-W”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Dastlab, bahsning 43-daqiqasida Umida Xatamova hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limda Baxtishoda To’xtayeva javob golini kiritdi.

“Lokomotiv-W” – “Qizilqum-W” 1:1
Gollar: Umida Xatamova (43) – Baxtishoda To’xtaeva (80).