“Qizilqum”ga qarshi o’yindagi mag’lubiyatdan keyin jamoamiz katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.
– O‘yinga qadar bir qancha muammolarga duch keldik. Asosiy tarkibning 4 nafar futbolchisi safdan chiqdi, shularning 3 nafarida jarohat bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan o‘yinda Turdialiyev qizil kartochka oldi. Shu sababli asosiy tarkibni aniqlab olish qiyin bo‘ldi. Hech qanday bahonamiz yo‘q, hattoki durang ham bizni guruhdan olib chiqqan bo‘lardi. “Olimpik Mobiuz”ga qarshi o‘yindan keyin barchasini boy berib bo‘lgandik deb o‘ylayman. Endi bizni chempionatdagi og‘ir taqvim kutib turibdi, avvaliga Namanganda “Navbahor” mehmoni bo‘lsak, keyin o‘z maydonimizda OKMKni qabul qilamiz. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi qiyin, chunki futbolchilar ko‘p emas. Zaxirada asosan yoshlar o‘tiribdi. Ular hali bunday darajadagi o‘yinlarda o‘ynashga tayyor emas. Shu sababli bir tarkib bilan 90 daqiqa kurashishga to‘g‘ri keldi. Bir qancha vaziyatlar bo‘ldi, o‘yinni nazorat qilib turdik. Birinchi bo‘limda Sardor Abdunabiyevda yaxshi vaziyat bo‘ldi, ikkinchi bo‘limda esa ikkinchi yaxshi zarbalar berdik. Yana bir bor qo‘pol xatodan keyin gol o‘tkazib yubordik. Bu ushbu mavsumdagi 6 golni qo‘pol xatolardan keyin qo‘yib yubordik, buning hammasi futbol. Bunaqasi bo‘lib turadi. Lekin bu guruhdan chiqishimiz kerak edi. Endi chempionatga bor e’tiborimizni qaratamiz. Chempionatni anchagina kutib qoldik. Yigitlarning jismoniy holati, kayfiyatni bir maromda ushlab turish qiyin bo‘ldi. Mashg‘ulot jarayonlarida o‘zgarishlar qildik. Shu orqali birinchi davra yakuniga qadar jismoniy holatni yanada yaxshilab olishimiz kerak. Endi oldinga harakatlanamiz va chempionat o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlaymiz.