⚽️ Ertaga, asosiy jamoamiz Superliga 4-tur doirasida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib boradi.
✅ Ushbu muhim o‘yin oldidan klubimiz prezidenti Mansur Radjapov jamoa bilan uchrashib, bo‘lajak bahs oldidan omad tiladi.
✅ Mansur Kuchkarovich futbolchilarimiz avvalgi turlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatishganini e’tirof etib, xuddi shu tempda davom etish kerakligini ta’kidladi.
👉 Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvi 29-mart kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi va 19:15da boshlanadi.
“Temiryo‘lchilar”ga omad yor bo‘lsin!💪