Futzal jamoamiz 9-turni 100 foizlik natija bilan yakunladi

Bugun futzal jamoamiz mamlakat chempionatining 9-turi 3-kuni doirasida “Lokomotiv” “Jizax”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda “temiryo’lchilar”ning ustunligi kuzatildi, 2:0. Uchrashuvda Ilyos Mallayev dubl qayd etdi.

“Lokomotiv” – “Jizzax” 2:0
Gollar: Ilyos Mallayev (7, 31).
Chetlatish: A`zam Matvaliyev (13).