“Lokomotiv” nazorat o’yinida “Turan” bilan durang qayd etdi

Bugun jamoamiz Turkiya yig’inlari doirasida Turkistonning “Turon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Unda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Dastlabki bo’limda Sardor Abdunabiyev tomonidan kiritilgan golga raqiblar ikkinchi bo’limning so’nggi 10 daqiqaligida javob qaytarishdi.

“Lokomotiv” – “Turan” (Qozog’iston) 1:1
Gollar: Sardor Abdunabiyev (30) – Batir Mukashev (81).
Asosiy tarkib: Suhrob Sultonov, Abdulazizxon Abdurashidov, Muhammadanas Hasanov, Abubakir-Rizo Turdialiyev, Ivan Rogach, Dilshod Komilov, Damyan Krayishnik, Sobit Sindarov, Izzatilla Abdullayev, Sardor Abdunabiyev, Ivan Bulatovich
Zaxiradan tushganlar: Sanjar Tursunov, Jasur Hakimov, Lazizbek Mirzayev, Abdulloh Yoʻldoshev, Maqsudxoʻja A’loxoʻjayev, Jahongir Hoshimboyev, Artyom Miftiyev, Abrorjon Aliyev, Diyorbek Mamataliyev.