Bugun Sadriddin Abdullayev boshchligidagi U-21 jamoamiz Turkiyadagi yig’inlar doirasida ilk nazorat o’yinini o’tkazdi.
Qirg’izistonning U-23 termasiga qarshi o’yinda tomonlar 2:2 hisobida durang qayd etdi. Bahsning 2 va 4-daqiqalarida Po’latxon Jumaxonov hamda Azamat Komilov raqiblari darvozasini ishg’ol qilgandi. Biroq 7 va 60-daqiqalarda raqiblar ham o’zlarini ko’rsatdi va hisobni tenglashtirishdi.
Bahs 2:2 hisobida yakunlanganidan keyin o’zaro kelishuvga asosab penaltilar seriyasi tashkil qilindi. Unda yoshlarimiz raqiblaridan omadliroq chiqdi, hisob 7:6.