🚂 “Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

👉 Jamoamiz 2024-yilgi mavsum uchun o‘quv-mashg‘ulotlarga kirishdi. Bugun TTYMI stadionida kechgan mashg‘ulotda mahalliy o‘yinchilar bilan birga “temiryo‘lchilar” safiga qo‘shilgan legionerlar ham ishtirok etdi.

✅ Ma’lumot uchun, yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk bosqichi Toshkentda olib boriladi. 7-fevraldan esa jamoamiz Turkiya yig‘iniga yo‘l oladi.