Dilshod Komilov “Lokomotiv”ga qaytdi ✅

👉 O‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazgan mohir himoyachi Dilshod Komilov yana “temiryo‘lchilar” safiga qaytdi. Ma’lumot uchun, Dilshod Komilov 1999-yil 16-may kuni tug‘ilgan. Ampluasi bo‘yicha chap qanot himoyachisi, shuningdek markaziy himoyada ham o‘ynay oladi.

🚂 Komilov bungacha uch mavsum “Lokomotiv” tarkibida harakat qilgan va barcha rasmiy musobaqalarda 50ga yaqin o‘yin o‘tkazgan.

😊 Dilshod Komilovni “Lokomotiv”ga qaytgani bilan tabriklaymiz va ushbu mavsumda omad tilab qolamiz.

komilov