Oleg Zoteyev jamoamizni tark etdi

Tajribali himoyachi Oleg Zoteyev mavsumlar oralig’ida jamoamizni tark etdi va “So’g’diyona” safiga borib qo’shildi.

Oleg Vladimirovich o’tgan mavsum davomida “Loko” tarkibida 17 o’yinda 1 gol va 4 assist, umumiy 185 uchrashuvda 10 gol va 13 assist qayd etdi.

Pro-ligadan Superligaga qaytishimizda katta yordam bergan Oleg Zoteyevga kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.

photo_2024-01-05_19-21-24