Abdulazizxon Abdurashidov – “Lokomotiv” futbolchisi!

Yangi mavsum oldidan “Lokomotiv” o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Avvalgi mavsumlarda “Turon” klubi safida to‘p tepgan o‘ng qanot himoyachisi Abdulazizxon Abdurashidov yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Abdurashidov “Turon” tarkibida 93 o‘yinda maydonga tushib, 9tadan gol va assist qayd etgan.

23 yoshli Abdulazizxonga “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.