😢 Afsona ketmoqda…

👉 Har bir narsaning boshi bo‘lgani kabi oxiri ham bor. Futbolchi faoliyati ham shunday. Bu – hayot qonuni.

⚽️ 20 yildan ziyod professional futbol mevasini totgan mohir hujumchi Marat Bikmayev futbol bilan xayrlashmoqda.

✅ Ertaga, 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” – “Yunired” bahsi Bikmayev uchun katta futboldagi oxirgi rasmiy o‘yin bo‘ladi.

🔥 Bu o‘yin yubiley sifatida tarixga kiradi. Negaki Marat ertaga “Loko” safida 200-uchrashuvini o‘tkazadi.

🔜 Barcha futbol ishqibozlarini mavsumning yopilish o‘yini, shu bilan birga Marat Bikmayevning xayrlashuv uchrashuviga taklif etamiz.💪