🚂 Rustam Soirov bilan BLITZ TIME

👉 Jamoamiz hujumchisi Rustam Soirovdan Pro Liga 1-davra yakunlari va boshqa savollarga javob oldik.

– Eng qiyin o‘yin?
– “Dinamo” bilan kechgan bahs. Afsus, shuncha harakat qilib g‘alaba qozona olmadik.

– Eng qiyin g‘alaba?
– Safarda “Qo‘qon-1912″ni mag‘lub etib qaytganimiz.

– Eng yaxshi maydon?
– Menimcha, “Sho‘rtan” stadioni maydoni bo‘lsa kerak.

– Eng og‘ir maydon?
– “Xorazm” jamoasi maydoni.

– Eng chiroyli gol?
– O‘zim urgan gollar orasida “Xorazm” darvozasiga kiritilgan to‘p.

– Stadiondagi eng yaxshi muhit?
– Hozircha bunday muhitni ko‘rmadim.

– Eng yaqin do‘stingiz?
– Manuchehr Safarov.

– Eng quvnoq futbolchi?
– Marat Bikmayev.

– Eng jiddiy futbolchi?
– Jamoamizda jiddiy o‘yinchi yo‘q.

– Gol yoki golli pas?
– Gol.

– Adidas yoki Molten?
– Adidas.

– Himoya yoki hujum?
– Hujum.

– Kitob yoki telefon?
– Telefon.

– Haaland yoki Mbappe?
– Mbappe.

– Osh yoki spagetti?
– Spagetti.

– Darvozabon yoki hakam?
– Darvozabon bo‘lsam kerak.

– VAR yoki VARsiz futbol?
– Baribir VARsiz futbol yaxshi.