👉 Jamoamiz hujumchisi Sime Zuzuldan Pro Liga 1-davra yakunlari va boshqa savollarga javob oldik.
– Eng qiyin o‘yin?
– “Mash’al” bilan kechgan bahs. Shu turda “Dinamo” va “Qo‘qon-1912” o‘zaro bahs olib borgandi va bizga g‘alaba juda zarur edi.
– Eng qiyin g‘alaba?
– Safarda “Xorazm”ni 2:1 mag‘lub etib qaytganimiz.
– Eng yaxshi maydon?
– Eng yaxshi maydon – “Lokomotiv” stadioni maydoni.
– Eng sifatsiz maydon?
– “Xorazm” jamoasi maydoni.
– Eng chiroyli gol?
– Oleg Zoteyevning “Sho‘rtan”ga urgan goli
– Stadiondagi eng yaxshi muhit?
– Qisman “Xorazm” va ayniqsa “Qo‘qon-1912” stadionidagi muhit ko‘proq yoqdi.
– Eng yaqin do‘stingiz?
– Ko‘proq vaqtimni Samuel Ope va Boyan Naydenov bilan o‘tkazaman, ammo jamoada hamma bilan yaqinman.
– Eng quvnoq futbolchi?
– Rustam Soirov.
– Eng jiddiy futbolchi?
– Oleg Zoteyev.
– Gol yoki golli pas?
– Har doim gol.
– Adidas yoki Molten?
– Har doim Adidas.
– Himoya yoki hujum?
– Har doim hujum.
– Kitob yoki telefon?
– Telefon.
– Haaland yoki Mbappe?
– Haaland, chunki u menga o‘xshab markaziy hujumchi rolida o‘ynaydi.
– Osh yoki spagetti?
– Spagetti.
– Darvozabon yoki hakam?
– Darvozabon bo‘lishni afzal ko‘raman.
– VAR yoki VARsiz futbol?
– Menga VAR yoqmaydi, shu bois VARsiz futbolni tanlayman.