Ayollar jamoamiz 1/8 finalda “Qizilqum-W”ga qarshi o’ynaydi ✅

Ayollar futboli bo’yicha O’zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qur`a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda “Lokomotiv-W” safarda “Qizilqum-W”ga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi. Ushbu bahs 19-iyun sanasida bo’lib o’tadi.

Qayd etish kerak, 2 kun oldin “Lokomotiv-W” o’z maydonida aynan “Qizilqum-W”ni mehmon qilgan va yakunda 7:2 hisobida g’alaba qozongandi.

photo_2023-06-06_11-20-06