🇺🇿 U-17 jamoamizga omad tilaymiz!

🇹🇭 Bugun Tailandda 17 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida Osiyo chempionati start oladi.

👉 Unda O’zbekiston U-17 termasi ham ishtirok etadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari turnirning D guruhidan o’rin olgan va unda Yaponiya, Hindiston hamda Vyetnam termalariga qarshi bahs olib boradi. Ma`lumot uchun, ushbu Osiyo chempionati shu yili 🇨🇱 Chilida o’tkaziladigan jahon chempionatiga yo’llanma beradi.

🇺🇿 O’zbekiston termasining dastlabki uchrashuvi 17-iyun kuni Yaponiyaga qarshi o’tkaziladi. Ushbu muhim turnirda “Lokomotiv”dan Lazizbek Mirzayev, Aminbek Yoqubov, Nikolaos Akopov hamda Quvonchbek Abrayev ham termamiz sharafini himoya qiladi.

🚂 “Lokomotiv” PFK ushbu musobaqada O’zbekiston U-17 termasiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

photo_2023-06-14_20-14-20