Denis Korostichenko: “Mash’al”ning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini bilgandik”

Pro-liganing 9-turi doirasida “Mash’al”ga qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
– Barchaga salom. O‘yin qiziqarli o‘tdi. Natija 0:0 bo‘lgan bo‘lsa-da, yuqori tempda o‘ynashga harakat qildik. O‘yinning nazorati ko‘proq bizda bo‘ldi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo‘limda ham, ikkinchisida ham hisobni ochishimiz kerak edi. Rejalar biroz o‘xshamadi. “Mash’al”ning qanday o‘yin ko‘rsatishi borasida biroz tushunchamiz bor edi. Balki ularning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini, qarshi hujumlarga tayanishini topgandirmiz ham. Ularning vaziyatlar yaratmasligi uchun deyarli imkon qoldirmadik. Yigitlar harakat qilishdi, bor kuchlarini ishga solishdi. Hatto darvoza ustunini ham poyladik. Endi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bu uchrashuvni esa ko‘rib chiqib, taxlil qilamiz.