O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasida “Qizilqum” maydonidagi g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Ilk navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Gʻalaba adolatli bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yin bobida yomon ko‘rinmadik, ikkinchi bo‘limda esa biroz sustlashdik. Muhimi ishni g‘alaba bilan yakunladik. Raqiblarimizga esa bugun o‘ynash qiyin bo‘ldi. Chunki ular deyarli to‘liq o‘yin kamchilik bo‘lishdi. Shu sababli ularga bugun og‘ir bo‘ldi deb o‘ylayman. “Qizilqum”ga navbatdagi o‘yinlarda omad tilayman.
– Bugun har ikki jamoada qizil kartochkali holat bo‘ldi. Bu haqida nima deya olasiz?
– O‘yindagi birinchi qizil kartochkani ko‘rmay qoldim. U yerda nima bo‘lganini bilmayman. Qo‘pol o‘ynagan deyishdi. Bizning chetlatish esa ikki marta hujumni buzish sababli bo‘ldi. Epizodlarni ko‘rib chiqamiz.
– Jamoa 6 ochkoni qo‘lga kiritdi va pley-offga chiqishni uddaladi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinga tayyorgarlik qanday bo‘ladi? Rejalar o‘zgaradimi?
– Ilk navbatda biz 4 kundan keyin bo‘ladigan “Mash’al”ga qarshi bahs haqida o‘ylaymiz. Keyin esa Samarqand safari bizni kutib turibdi, “Yunired”ga qarshi o‘ynaymiz. Shu sababli hozir e’tiborimiz chempionat o‘yinlariga qaratiladi. Shundan keyin “Dinamo”ga qarshi bahs bo‘ladi. Ana o‘shanda bu uchrashuv haqida o‘ylaymiz.
– Bugun “Lokomotiv” murabbiyi Mirko Yelichich o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi. Ushbu murabbiy haqida nima deya olasiz?
– Barcha uning yuqori darajadagi mutaxassis ekanligini yaxshi biladi. U uch marta “Lokomotiv”ni chempion qilgan. O‘shanda “Lokomotiv” taktik tomonlama barchani yutgandi. Shu sababli o‘sha g‘alabalarda Mirkoning xizmati katta bo‘lgan deya olaman. Va shuningdek, ushbu mavsumdagi o‘yinlarda ham u katta mas’uliyatni bo‘yniga olmoqda. U bunday tabriklovga loyiq.