Denis Korostichenko: “Asabiy yakun bo‘ldi. Uchrashuvni yaxshi o‘tkazdik, yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi”

Pro-liganing 8-turi doirasida “Sho‘rtan” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘z fikrlarini bildirdi.

– Ilk navbatda klubdagi barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bugun harakat qilishdi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘lim yomon o‘tmadi. O‘yinning oxirida, balki, ishtiyoq evaziga raqiblarda vaziyatlar bo‘ldi. Uchrashuvning o‘zi asabiy ko‘rinish oldi. Umuman olganda barchasi yaxshi bo‘ldi, rejadagidek o‘tdi. Gʻalaba qozondik.
– Bugungi o‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari qo‘pol o‘ynagandek bo‘ldi.
– Balki Sizga shunday tuyulgandir. Men uchun “Sho‘rtan” futbolchilari ham qo‘pol o‘yin ko‘rsatishdi. Xatto birinchi bo‘limda qizil kartochka ham ko‘rsatilishi kerak edi, deb hisoblayman.