“Lokomotiv-W” o’rtoqlik o’yinida O’zbekiston ayollar termasiga mag’lub bo’ldi

Voxid Xolboyev boshchiligidagi “Lokomotiv-W” jamoasi bugun TTYMI stadionida o’rtoqlik o’yinini o’tkazdi.

Unda raqib sifatida Parij-2024 Olimpiada saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Midori Xonda murabbiylik qilayotgan O’zbekiston ayollar termasi bo’ldi.

Uchrashuvda milliy terma 3:0 hisobida g’alabaga erishdi. Qayd etish kerak, uchrashuvda “Lokomotiv-W” futbolchisi Madina Voxidova milliy terma tarkibida maydonga tushdi.