Denis Korostichenko: “Xorazm” yaxshi va sifatli himoyalandi. Ammo bunday maydonda o’zimiz istagan futbolni namoyish qila olmadik”

– Ilk navbatda barchani g’alaba bilan tabriklayman. Bu muvaffaqiyatga erishish oson bo’lmadi. Raqiblar juda yaxshi himoyalandi. Balki bu biz uchun yaxshi amaliyot ham bo’ldi. “Xorazm” uchrashuv boshidagi vaziyatidan foydalanib oldi. Shundan keyin bizga juda qiyin bo’ldi. Yigitlar jangovor o’yin va xarakter ko’rsata olishdi va g’alabani qo’lga kiritishdi. Og’ir safar bo’ldi, raqiblar qattiq himoyalanishdi va standartlarda anchagina xavfli ekanligini namoyish qilishdi.

– Bugungi o’yinda Marat Bikmayevning maydonga tushmagani sababi nimada?
– O’yinlarga rejalar tuziladi. Biz barcha futbolchilarga ishonamiz. O’yinda zaxiraga murojaat qilishda shoshilmadik. Aslida barcha futbolchilar o’yinga tushishga shay holatda. Xudo xohlasa, keyingi o’yinda Marat o’zini ko’rsatadi.

– Pro-liga saviyasi haqida nima deya olasiz?
– Kubok doirasida “Mash`al” jamoasi safarda “Surxon” bilan 0:0 hisobini qayd etdi. Shuningdek, “Qo’qon-1912” o’z maydonida “Nasaf”ga jang taklif qildi. “Nasaf”ga ham qiyin bo’ldi. Shu sababli bemalol ayta olaman, Pro-liga ham qiyin, bir qancha jamoalar Superliga darajasida.

– Maydon holati xaqida nima deya olasiz?
– Balki 2-3 haftadan keyin yaxshi bo’lib qolishi mumkin. Biroq bunday stadionda jamoalar o’zi istagan futbolni namoyish qilishi juda qiyin.