🚂 “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko “Andijon-SGS”ga qarshi bahsdan keyingi fikrlarini bildirdi.
– Avvalambor, barchaga assalomu alaykum. Ilk navbatda barchani – futbolchilar, murabbiylar, klubimiz xodimlarini g’alaba bilan tabriklayman. O’ylashimcha, tashabbusni to’liqligicha o’z qo’limizda ushlab turdik. Mashg’ulotlarda qanday rejalarni o’ylagan bo’lsak, barchasini amalga oshirishga harakat qildik.
Bu ba`zida o’xshadi, ba`zida esa yo’q. Natija adolatli, ga’labaga loyiq edik. “Andijon-SGS”da yosh va iqtidorlar juda ko’p. Ularning chiroyli o’yinlari va g’alabalari hali oldinda.
– Jamoangiz ko’p gol urgan bo’lsa-da anchagina vaziyatlardan foydalana olmadi.
– Bu birinchi o’yin, ammo xech kim hayajonlanmadi. Dastlabki bahs bo’lgani uchun biroz shoshildik. Shu sabab bo’lsa kerak.
– Superligaga qaysi jamoalar qaytishini xohlaysiz?
– Avvalo o’zimiz qaytishimiz kerak. Biroq shu bilan birgalikda barcha o’yinlarni kuzatib boramiz.