🇹🇷 Turkiyadagi to’rtinchi nazorat o’yinida “Chernomorets” ishonchli hisobda mag’lub etildi ✅

Turkiyaning Antaliya shahrida yig’in o’tkazayotgan “temiryo’lchilar” bugun 🇺🇦 Ukrainaning “Chernomorets” jamoasiga qarshi nazorat o’yinini o’tkazdi.

🚂 Unda “Lokomotiv” ishonchli hisobda g’alabaga erishdi, 3:1. Bahsning 13-daqiqasida Marat Bikmayev super goli bilan hisobni ochgan bo’lsa, oradan ko’p o’tmay ukrainaliklar sardori Sergey Politilo hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo’limda Oleg Zoteyev va Maruf Jumayevning gollariga raqiblar javob qaytara olishmadi. Shu orqali “Lokomotiv” Turkiyadagi yig’inlar doirasidagi to’rtinchi nazorat o’yinida g’alabaga erishdi.

“Lokomotiv” – “Chernomorets” 3:1
Gollar: Marat Bikmayev (13, 1:0), Sergey Politilo (24, 1:1), Oleg Zoteyev (61, 2:1), Maruf Jumayev (87, 3:1).

“Lokomotiv”: Zafar Safayev, Maxdi Abduraimov, Abdulloh Yo’ldoshev, Dilshodjon Komilov, Maqsudxo’ja A`loxo’jayev, Sherzodjon Komilov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Maruf Jumayev, Marat Bikmayev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Jumaboyev, Islomjon Qobilov, Manuchehr Safarov, Javohir Abdualimov, Lazizbek Mirzayev, Sanjar Qodirqulov, Rustam Soirov, Shime Jujul.

“Chernomorets”: Danilo Varakuta, Andrey Shtorgin, Denis Vasilyev, Luka Guchek, Maksim Biliy, Rodion Plaksa, Sergey Politilo, Daniil Alefirenko, Stanislav Ursolov, Oleksandr Gladkiy, Kevin Kubemba.

photo_2023-01-29_15-17-44