🏆 Hokim Kubogi-2023. Dastlabki o‘yinda durang 📹

👉 Bugundan Farg‘onada viloyat hokimi Kubogi start oldi. Guruh bosqichidagi dastlabki turni “Neftchi” U-21 jamoasiga qarshi o‘tkazgan “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

⚽️ “Temiryo‘lchilar” safida jamoa sardori Rejabaliyev Meyirbek gol muallifi bo‘ldi.

✅ Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Sadriddin Abdullayev boshchiligidagi “Lokomotiv” U-19 jamoasi ishtirok etmoqda.

👉 Futbolchilarimiz navbatdagi bahsni 27-yanvar kuni “Zomin”ga qarshi o‘tkazishadi.