“Lokomotiv” 6 futbolchi bilan xayrlashdi🚂

Yakuniga yetgan mavsumdan keyin “Lokomotiv” PFK 6 nafar futbolchi bilan xayrlashganini ma’lum qiladi.

Himoyachi Alisher Salimov, yarim himoyachilar G’ulom-Haydar Gulyamov, Islom Rashidxonov, Javoxir Alijonov hamda hujumchilar Mo’minjon Meliyev va Ivan Nagayevga ushbu mavsumda jamoamiz tarkibidagi o’yinlari uchun “Lokomotiv” PFK rahbariyati, muxlislari nomidan minnatdorlik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

“Lokomotiv” o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan chekinmaydi va Coca Cola Superligaga qaytishga harakat qiladi. Biz hali yana xalqaro maydon uchun kurashishda davom etamiz!

bez-imeni-1