⚽️ U-19 yakunlari. “Lokomotiv” yoshlarining 4ta o‘yini yirik g‘alaba bilan tugadi

👉 Bu yil o‘tkazilgan U-19 musobaqasida Sadriddin Abdullayev boshchiligidagi “Lokomotiv” U-19 jamoamiz 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yosh “temiryo‘lchilar” 22 o‘yindan 10tasini g‘alaba bilan yakunlab, 5 bor durang qayd etishdi va 7 uchrashuvda imkoniyat boy berildi. To‘plar nisbati 40-30 ko‘rinish oldi.

🚂 “Loko” U-19 ishtirokidagi bellashuvlarning 4tasi yirik g‘alaba bilan yakunlandi. Jamoamiz ikki martadan uyda va safarda shunday natija qayd etdi.

6-tur. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” 1:4
12-tur. “Yangiyer” – “Lokomotiv” 0:3
17-tur. “Lokomotiv” – “Zomin” 4:0
19-tur. “Lokomotiv” – “Gʻijduvon” 4:0