16 yoshli futbolchi “Lokomotiv”da debyut qildi! 🚂

Kecha, 12-noyabr kuni Coca Cola Superliganing so’nggi turi doirasida jamoamiz “Metallurg”ni qabul qildi.

Ushbu bahsning 80-daqiqasida e’tiborga molik xodisa sodir bo’ldi – maydonga 16 yoshli Lazizbek Mirzayev maydonga tushdi.

Bu 2006-yilda tug’ilgan yosh futbolchimizning Coca Cola Superligadagi debyuti bo’ldi. Ushbu mavsumda “Lokomotiv”da yosh futbolchilarning debyutini amalga oshirishi odatiy holatga aylandi. Ushbu debyut bilan Lazizbekni tabriklab, uning faoliyatidagi o’yinlari soni juda ko’p bo’lishini tilab qolamiz!