Ayollar Oliy ligasi. “Lokomotiv-W” 1-bosqichni yirik g’alaba bilan yakunladi

Ayollar Oliy ligasining 1-bosqichi so’nggi 18-turi doirasidagi uchrashuvlar yakuniga yetdi.

Unda “Lokomotiv-W” jamoasiga “Qizilqum-W” raqiblik qildi. Qayd etish kerak, bahsda qizlarimiz yirik 5:1 hisobida g’alabaga erishdi.

“Lokomotiv-W” – “Qizilqum-W” 5:1
Gollar: Jasmina Abdug‘aniyeva, 12 (1:0), Sitora Pirnazarova, 32 (2:0), Sitora Pirnazarova, 40 (3:0), Gulnora Davronova, 45 (3:1), Laylo Tosheva, 65 (4:1), Muxlisa Mardiyeva, 83 (5:1).