❗️ Jeparov iste’foga chiqarildi, “Lokomotiv”ni chempionatning qolgan 4 o‘yinida Mirko Yelichich boshqaradi

👉 Kecha bo‘lib o‘tgan Superliga 22-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Olimpik” uchrashuvidan so‘ng “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi.

🚂 “Lokomotiv” kecha juda muhim bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi.

⚽️ Superliga bahslarining qolgan 4ta turiga asosiy jamoamizni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yelichichga yaqindan yordam beradi.

💪 Jamoamizga qolgan to‘rt o‘yinda faqat va faqat omad tilaymiz! Bizni oldinda “Paxtakor”, “Navbahor”, “So‘g‘diyona” va “Metallurg” bilan kechadigan qiyin uchrashuvlar kutmoqda, lekin taslim bo‘lish yo‘q. “Lokomotiv” Superligada o‘z o‘rnini saqlab qolishi uchun oxirigacha kurashadi.