Ayollar O’zbekiston Kubogi. Qizlarimiz yarim finalda!

Ayollar o’rtasidagi O’zbekiston Kubogi 1/4 final doirasidagi uchrashuvlar yakuniga yetdi.

Yarim final ostonasida “Lokomotiv-W” qizlari Farg’onada “Neftchi-W”ga qarshi bahs olib bordi va yirik 6:2 hisobida g’alabaga erishdi.

Shu orqali “Lokomotiv-W” O’zbekiston Kubogining yarim finaliga yo’l oldi.

“Neftchi-W” – “Lokomotiv-W” 2:6
Gollar: Muhlisa Mardiyeva, 17 (0:1), Zebiniso Xalimova, 37 (0:2), Jasmina Abdug‘aniyeva, 49 (0:3), Mahliyo Nazarqulova, 75 (0:4), Gulchehra A’zamova, 84 (1:4), Jasmina Abdug‘aniyeva, 86 (1:5), Gulsanam Yusupova, 87 (2:5), Mahliyo Nazarqulova, 90+2 (2:6)