🇩🇪 “Ayntraxt” klubi aksiyalari bir qismi egasi Kozim Aripov “Lokomotiv” mehmoni

10-sentabr kuni 🚂 “Lokomotiv” Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida  “Dinamo”ga qarshi bahs olib bordi.

Ushbu bahsni kuzatib borish uchun faxriy mehmon sifatida 🇩🇪 Germaniyaning “Ayntraxt” klubi aksiyalari bir qismi egasi Kozim Aripov ham taklif etildi.

Uchrashuv davomida Kozim Aripov “Lokomotiv” futbol klubining tashkilotchiligini yuqori baholab, keyingi ishlarga muvaffaqiyat tiladi.