Biznikilar terma jamoalarda! 🇺🇿

Ayni damda mamlakatimizning bir qator termalari o’quv-mashg’ulot yig’inlarini olib bormoqda.

🚂 Ushbu yig’inlarda “Lokomotiv”ning birqancha futbolchilari ham ishtirok etishyapti.

1️⃣ 29-avgustdan 6-sentyabrga qadar O’zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Olmaliq shahrida yig’inlar olib boradi. Belarus U-19 termasiga qarshi o’rtoqlik o’yini rejalashtirilgan yig’inlarda “Lokomotiv-W” futbolchilari Maxzuna Abdukarimova hamda Nilufar Nurmuhammedova ham ishtirok etadi.

2️⃣Shuningdek, O’zbekiston U-19 terma jamoasi ayni kunlarda Yaponiyada bo’lib turibdi. “SBS Cup-2022” turnirida ishtirok etayotgan termamiz dastlabki ikki o’yinda g’alabaga erishdi. Yig’in doirasida termamiz tarkibida o’ynayotgan Diyorbek Inomov ham uchrashuvlarda qatnashib, muvaffaqiyatlarga o’z xissasini qo’shdi. Dastlabki uchrashuvda termamiz mahalliy “Shizuoka” jamoasiga qarshi bahs olib bordi ba penaltilar seriyasida g’alabaga erishgan bo’lsa, 2-turda Urugvay termasi kichik hisobda mag’lub etildi, 1:0.

3️⃣ Poytaxtimizda davom etayotgan Mirabror Usmonov xotirasiga bag’ishlangan turnirda esa termamiz uchinchi bahsda ham g’olib bo’lib, turnir chempionligini qo’lga kiritdi. Dastlabki bahsda Eronga qarshi o’yinda Aminbek Yoqubov o’zining 90+7-daqiqadagi goli bilan jamoamizga 1 ochko keltirgandi. Keyin esa 2-turda Yaponiya yirik 3:0 hisobida tor-mor etilgandi. Unda Lazizbek Mirzayev hamda Oybek O’rmonjonov o’z gollari bilan termamizning g’alabasiga munosib hissa qo’shgandi. Bugun esa tojikistonlik tengdoshlariga qarshi o’yinda termamiz 5:0 hisobida g’alabaga erishib, turnirda g’olib bo’lishdi. Bahsda Laziz Mirzayev ham o’z nomiga gol yozdirib qo’ydi. Oldinroq ma’lum qilganimizdek, ushbu yig’inda Nikolaos Akopov, Azamat Sulaymonov, Ibrohimjon Tursunaliyev kabi futbolchilarimiz ham ishtirok etishdi.