👉 Bugun Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu Server Jeparovning “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yini bo‘ladi.
👉 Turnir jadvalida “Nasaf” 31 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 27-9. “Lokomotiv” esa 17 ochko bilan 10-pog‘onada boryapti. “Loko”da to‘plar nisbati 13-21.
▶️ Bu “Nasaf”ning o‘z maydonidagi 8-o‘yini bo‘ladi. Bungacha bo‘lib o‘tgan 7ta bellashuvda qarshiliklar 2 bor g‘alaba qozonib, 4 marta durang o‘ynagan hamda bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Uydagi bahslarda to‘plar nisbati 10-4.
▶️ “Nasaf” uy o‘yinlarida 10 ochkoni qo‘lga kiritgan. ✅ Fakt: “Nasaf” Superliganing oxirgi 5ta o‘yinida faqat bir bor g‘alaba qozondi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari safarda “Meitallurg”dan 2:0 hisobida ustun kelishdi.
🚂 “Lokomotiv” shu paytgacha mehmonda 8ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shundan 2tasida g‘alaba qozongan. Bir bor durang qayd etilgan bo‘lsa, 5 marta imkoniyat boy berildi. Safar bellashuvlarida “Loko”ning to‘plar nisbati 7-14.
✅ Fakt: “Lokomotiv” safarda oxirgi uch turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Bugun “temiryo‘lchilar” ushbu noxush an’anaga barham berishga harakat qilib ko‘rishadi.