Abdumavlon Abdujalilov – @championatasia talqini bo‘yicha 17-turning “Eng yaxshi darvozaboni”

🌐 Championat.asia sayti Superliga 17-tur laureatlarini aniqladi. Unga ko‘ra, jamoamiz posboni Abdumavlon Abdujalilov 17-turning “Eng yaxshi darvozaboni” deb topildi.

✅ Bu turni safarda “Nasaf”ga qarshi o‘tkazgan “Lokomotiv” durang natija qayd etdi. Abdumavlon “temiryo‘lchilar”ning Qarshidan bir ochko bilan qaytishiga munosib hissa qo‘shib, raqibning bir nechta hujumlarini qaytardi hamda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

👍 Keyingi o‘yinlarda ham Abdumavlon Abdujalilovga omad tilab qolamiz.