Poytaxtimizda davom ettirilayotgan “Mirabror Usmonov xotira turniri”ning 2-turi doirasida termamiz yaponiyalik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi va yirik g’alabaga erishdi.
Qayd etish kerak, bahsda “Lokomotiv”dan termaga chaqirilgan futbolchilar ham o’zlarini ko’rsatishdi.
Uchrashuvning 57-daqiqasida Lazizbek Mirzayev boshi bilan yo’llagan zarbasi orqali hisobni ishonchli ko’rinishga keltirgan bo’lsa, 84-daqiqada Oybek O’rmonjonovning supergoli hisobni yiriklashtirib berdi.
Dastlabki turda Eronga qarshi o’yinda Aminbek Yoqubovning 90+7-daqiqada kiritgan goli termamiznig mag’lubiyatdan saqlab qolgandi.
Shuningdek, “Lokomotiv” futbol maktabidan ushbu turnirda Nikolaos Akopov, Azamat Sulaymonov, Ibrohimjon Tursunaliyev kabi futbolchilar ham ishtirok etishmoqda.