🚂 Server Jeparov – “Lokomotiv” bosh murabbiyi!

👉 “Lokomotiv” PFK rahbariyati qaroriga koʼra, yaqin oʼtmishning taniqli futbolchisi, 2008 va 2010-yilda Osiyoning ikki karra “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Server Jeparov “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

▶️ Maʼlumot uchun, Server Jeparov bungacha klub sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi. Bundan buyon “Loko” natijalariga Server Reshatovich masʼul hisoblanadi. Unga murabbiylar shtabida Mirko Yelichich yaqindan yordam beradi.

👉 Server Reshatovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.💪