Denis Korostichenko iste’foga chiqarildi

👉 2021 yilning 15-dekabridan beri “Lokomotiv” asosiy jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Denis Korostichenko klub rahbariyati qaroriga binoan iste’foga chiqarildi. Shuningdek, murabbiylar shtabida ishlab kelgan Andrey Miklyayev ham klub tomonidan ishdan bo‘shatildi.

⚽️ Denis Korostichenkoning iste’foga chiqishiga “Lokomotiv”ning Superligada ko‘rsatayotgan natijalari sabab bo‘ldi. Ayni payt “temiryo‘lchilar” Superliga 16-tur yakunlariga ko‘ra, 17 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turishibdi. “Loko” hisobida 5 g‘alaba, 2 durang va 9ta mag‘lubiyat bo‘lib, to‘plar nisbati 13-21 ko‘rinish olgan.

🚂 Denis Korostichenko bundan buyon “Lokomotiv” bolalar futbol maktabi tizimida faoliyat olib boradi.