U-16 qizlarimizdan 11ta gol! 😱

Bugun ayollar o’rtasidagi U-16 chempionatining 2-tur bahslari bo’lib o’tdi.

Unda jamoamizga Bekobodning “Metallurg-W” yoshlari raqiblik qildi. Bahsda futbolchi qizlarimiz raqiblarini ayagani yo’q, 11:4.

“Lokomotiv-W” U-16 – “Metallurg-W” U-16 – 11:4
Gollar: Shaxnoza Dekanbayeva (1, 19, 34, 39, 44-pen, 63), Nilufar Nurmuhammedova (3, 33, 55, 57), Dilorom Tursunova (66) – Ruxshona Saidabbosova (23, 32, 42), Sevinchxon Halilova (67).